Кодирий Абдулла Скачать все книги 5 Количество книг
Жанр в блоке книги Современная Зарубежная Литература
Turkiston feodallarining keyingi vakili bo‘lg‘an Xudoyorning o‘z xohishi yo‘lida dehqon ommasi va mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo‘lmasin, rahmsiz jazo berishi ro‘monning mavzui’dir. Xudoyorning bu yo‘ldag‘i birinchi istinodgohi bo‘lg‘an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg‘ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sig‘dirg‘an qadar bayon qilinadir. Bular ro‘monning nomarg‘ub – manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi “tuban” sinf – kambag‘allar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch – ulamo alayhiga chiqishi. Mehnatkash kambag‘allarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va bir-biriga aloqasi, samimiyati. Albatta, men bu so‘ngg‘i marg‘ub qahramonlarni o‘zbek tarixining hazmi ko‘targan qadar o‘z holicha olishqa tirishdim. Ularning xon va ulamoga qarshi izyoni tabi’iy– shar’iydir. Chunki shundan ortig‘i soxta bo‘lishi ustiga kitobning qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etno‘g‘rafiy lavhalar, o‘zbek hayoti, qiziqchilig‘i, tanqidchilig‘i, o‘zbek xotin-qizlari orasidag‘i iste’dod, shoirlar, azkiyachilik va boshqa yana ko‘b nuqtalarni qamrab olindi. Ro‘monda yana bundan boshqa bir ko‘b jihatlar bor. Ularni bu yerda sanab o‘lturish hojat emas, ular muhtaram, o‘qug‘uchining nazaridan qochib qutilmas.
Жанр в блоке книги Легкая Проза
Yangi «Asr oshgan asarlar» turkumi «XX asr o‘zbek romani» turkumiga kirgan asarlar va boshqa o‘qimishli qissalar, romanlarni saralash mevasi. Abdulla Qodiriydek buyuk so‘z san’atkori tamal toshini qo‘ygan Yangi o‘zbek adabiyoti yaratgan, Zamon sinoviga dosh bergan, So‘z sehriga oshufta elga manzur bo‘lgan eng sara asarlarni tortiq etadi. Xalqning bolakaydan tortib turfa yoshdagi vakillari ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qanoatlantiradi, kitob javonidan joy oladi. «O‘tkan kunlar» bilan boshlanishida ham ma’naviy vorislik namoyon bo‘ladi.
Популярные серии
10 Количество книг
2 Количество книг
1 Количество книг